Yana 80 oila yangi yilni yangi uylarda qarshi oladi

    Turar joyga muhtoj oilalar uchun ko'p qavatli, imtiyozli uylar qurish dasturi barcha joylarda, shu jumaldan, chekka qishloqlarda izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

    Kirib kelayotgan yangi yil arafasida Xonqa tumanining Do'stlik mahallasida 4 ta besh qavatli turar joy foydalanishga topshirildi va 80 nafar xonadon egalari shinam, zamonaviy uylar kalitlarini olishdi.

    E'tiborlisi, yangi uylarning 68 tasi ehtiyojmand oilalar uchun ajratilib, ularga davlat tomonidan boshlang'ich badallar subsidiya asosida to'lab berildi.

    Besh qavatli bu ko'rkam turar joylar mahalladagi yangi aholi maskaniga ko'rk bag'ishladi. Keyingi yili ham bu yerda besh va yetti qavatli turar joylar qurish rejalashtirilgan.

    Ro'zimboy Hasan,

    “Yangi O'zbekiston” muxbiri