Yana bir bolalar siropi dorixonalardan qaytarib olindi

    Salomatlik 17 Aprel 2024 725

    «Rinotin kids» biologik faol qo'shimchasiga berilgan ruxsatnomalar ham bekor qilingan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda «Rinotin kids» siropi sifati haqida tanqidiy postlar e'lon qilindi. Sanepidqo'mita mutaxassislari tomonidan ushbu holat yuzasidan qonun doirasida o'rganish ishlari olib borilib, aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi.

    Shu bilan birgalikda “CYNERGY PHARMCO” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardagi “Rad Gida Laboratuvarive Ilac Sanayi Ticaret Limited” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Rinotin kids” sirop mahsulotlarini qaytarib olish topshirig'i berilib, ijrosi nazorat ostiga olindi.

    Bugungi kun holatiga korxona tomonidan 28 ta dorixonalardan mahsulotlar qaytarib olindi. Mazkur holat yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda, deyiladi Sanepidqo'mita xabarida.