Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.T. “Navbahor” MFYdagi 2 nafar fuqaro va 2 ta MCHJga tegishli jami 35 gektar sugʻoriladigan ekin yer maydonini ularning xabardorligisiz fuqaro S.M.ga firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib, keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, 82 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.