Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida  pullarni oʻzlashtirgan shaxs, Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi 27 yoshli A.Yo. ekani, u jabrlanuvchining qoʻl telefoniga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini bank operatori sifatida   tanishtirib, sms xabarnoma yuborish orqali akkauntni boshqarish huquqini qoʻlga kiritgan va bank kartasidagi pullarni oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani aniqlandi.

Jinoyat sodir etgan A.Yo.ga nisbatan OʻzR. JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.    

Qonunga muvofiq, A.Yo. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.