Uchtepa tumani hokimligida oʻtkazilgan kengashda maktab taʼlimini isloh qilish hududiy kengash tarkibi malakali professor-oʻqituvchilar bilan boyitilgani haqida habar berildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov davlatimiz rahbarining xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi hamda “Milliy dastur” loyihasi borasida gapirib, bugundan boshlab Uchtepa maktablarida taʼlim sifati va pedagogik salohiyati past boʻlgan maktablarda oʻqitish sharoitini yaxshilash choralarini koʻrish, akademiya oʻqituvchilari bilan birga metodik guruhlar faoliyatini kengaytirish, oʻqituvchilar bilimi va pedagogik mahoratini oshirish ishlarini tashkil etish borasidagi aniq vazifalarni belgilab berdi.
Bundan keyin maktab taʼlimini isloh qilish hududiy kengashi muhokama etilib boriladi, yutuqlarga erishgan maktab rahbarlari, pedagogik jamoasi ragʻbatlantirilib sustkashlikka yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan esa choralar koʻriladi.
Tumandagi maktablarda smart guruhlar tashkil etilib, akademiyaning professor-oʻqituvchilari taʼlim sifatini yaxshilashda faol ishtirok etadilar.
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati