Buxoroda Turkiya kinoijodkorlari va Kinematografiya agentligi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan Kinematografiya agentligi Buxoro viloyat hududiy boʻlimi hamkorligida “Yetti pir”lar toʻgʻrisida “Ziyorat — oltin yoʻl” nomli hujjatli film suratga olinmoqda, deb xabar beryapti Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Oʻylaymizki, mazkur filmning suratga olinishi mamlakatimiz turistik salohiyatini yuksaltirish barobarida yosh avlodning tarixiy obidalarimiz, qadamjolar, qadimiy shaharlarimizga boʻlgan milliy gʻurur va muhabbatini yanada oshirishda muhim omil boʻladi.