Yana bir inson hayoti saqlab qolindi

    Xavfsizlik 8 Iyun 2021 959

    7-iyunda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga suvga choʻkayotgan odam haqida xabar kelib tushgan.

    Maʼlum boʻlishicha, spirtli ichimlik taʼsirida boʻlgan 61 yashar fuqaro Kattaqoʻrgʻon suv omborining chiqish kanaliga choʻmilish maqsadida suvga tushgan. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganligi sababli u suvda choʻka boshlagan.

    Shu vaqt kanal yaqinidan oʻtib ketayotgan fuqaro jabrlanuvchining holini koʻrib, zudlik bilan Kattaqoʻrgʻon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga xabar qilgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari sababli jabrlanuvchi — Kattaqoʻrgʻon shahrida yashovchi fuqaro oʻz vaqtida qutqarib olindi. Jabrlanuvchiga tuman tez yordam shifokorlari tomonidan zarur yordam koʻrsatildi. Qayd etilishicha, uning salomatligiga ziyon yetmagan, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.