Abduqodir Husanov  bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi va Frantsiya vitse-chempioni "Lans" klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. Hamyurtimiz "Lans"da 25-raqam ostida to'p tepadi.

Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatida o'ynaydigan birinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylanadi. "Lans" o'tgan mavsum Frantsiya chempionatida ikkinchi o'rinni olgan va yangi mavsumda Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

"Lans" klubi bilan shartnoma tuzganimdan baxtliman. Mashg'ulotlarda bor kuchim bilan ishlayman va menga imkoniyat berilgan har bir daqiqadan unumli foydalanishga intilaman. Yangi klubim safida maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman",  dedi Abduqodir Husanov shartnoma tuzganidan so'ng championat.asia saytiga.