Buning uchun ulardan hech qanday hujjat talab qilinmaydi.
Xizmat bir muddatda va bepul koʼrsatiladi.
Ushbu elektron xizmat fuqarolarimizga tashkilotlar tomonidan mazkur hujjat soʼralganida tezkor taqdim etish qulayligini beradi.
Maʼlumot oʼrnida: Elektron hukumatni rivojlantirish yoʼlidagi islohotlar tufayli davlat rahbarining 2019-yil 31-oktyabrdagi qarorida 1-yanvaridan ish beruvchilar va xodimlar oʼrtasidagi mehnat munosabatlari (mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish, shuningdek, ularni tugatish tartib-taomillari) elektron roʼyxatdan oʼtkazilishi belgilab qoʼyilgan.