Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A. Buxoro tumani “Novmetan” MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasidagi 20 sotix yer maydonini fuqaro R.ga oʻziniki ekanligini aytib, ushbu yer maydonini 13 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 80 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.