21-yanvarda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) yogʻadi.
22-yanvarda respublika hududlari boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda qor, baʼzi joylarda kuchli qor yogʻadi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.
21-22-yanvarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
22-23-yanvarda havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.
22-23-yanvarda oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati meʼyordan 8-10 darajaga past boʻladi.
Yoʻllarda yaxmalak boʻlishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati.