Aniqlanishicha, mazkur vazirliklarda faoliyat yuritayotgan 107 nafar boshqaruv xodim 116ta tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.
Jumladan, Transport vazirligining 50 ta boshqaruv xodimlari 55 ta tadbirkorlik subyektlarida, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 37 ta boshqaruv xodimlari 39 ta tadbirkorlik subyektlarida hamda Madaniyat vazirligining 20 ta boshqaruv xodimlari 22 ta tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.
“Yuqoridagi holatlarini bartaraf etish boʻyicha mazkur vazirliklarga Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ushbu vazirliklar tomonidan tanqidiy muhokama qilindi va tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda” deyiladi xabarda.