Xitoyliklar Maskni yana ortda qoldirmoqda

    Xitoyda ishlab chiqarilgan miya chipi paraplegiya bilan kasallangan bemorning harakat qobiliyatini qisman tikladi. Ushbu implant Mask kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan miya chipi bilan raqobatlasha oladi.

    "Pekin Tsingxua" Xitoy universiteti olimlari guruhi "NEO neyrochipini odamlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.

    Neyrochip miya impulslarini o'qishga qodir. Falaj bo‘lgan insonlar chip yordamida mustaqil ravishda harakatlanish qobiliyatini tiklashi mumkin.

    Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, mashinani o‘rganish algoritmi orqali bemor mustaqil ravishda ichish va ovqatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.