Haydovchi buyurtmani amalga oshirish paytida texnologiya uning yoʻlini kuzatish va harakat tezligini aniqlash uchun GPSdan foydalanadi. Mazkur tezlik marshrutlarni qurish uchun ishlatiladigan navigator boʻyicha ushbu yoʻl kesimida ruxsat etilgan maksimal tezlik bilan taqqoslanadi.
Haydovchi belgilangan tezlikdan oshib ketgan taqdirda tizim haydovchini uning ilovasi orqali bu haqda ogohlantiradi. Texnologiya signal bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan shovqinlar, jumladan koordinatalardagi kutilmagan oʻzgarishlarni hisobga oladi va ularni inobatga olmasligi mumkin. Bir nechta ogohlantirishlardan soʻng, algoritm haydovchining xizmat koʻrsatish buyurtmalariga kirishini vaqtincha cheklaydi.
Biz Oʻzbekiston shaharlarida xavfsizlikni taʼminlashga katta eʼtibor qaratamiz. Yangi texnologiya haydovchilarga belgilangan tezlikni nazorat qilish va yoʻl-transport hodisalari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Boshqa mamlakatlarda avval tezlikni oshirib yurgan haydovchilarning 70 foizdan ortigʻi tizimdagi ikkinchi xabarnomadan soʻng uni pasaytirganini koʻrdik”, — dedi Yandex Go kompaniyasining Markaziy Osiyo bozorini rivojlantirish boʻyicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.