Yandex Go bugundan boshlab Andijonda ham ishlamoqda. Mashinaga buyurtma berish uchun ilovani yuklab, uni ochish va qayerga borish kerakligini koʻrsatish kerak. Servis yoqilgan geolokatsiyada foydalanuvchining joylashuvini oʻzi aniqlab, eng tez yetib kela oladigan haydovchini topadi.
Safar xizmati 2 500 soʻmdan boshlanadi. Masalan, “Oʻzbegim” koʻngilochar savdo markazidan “Bogʻishamol” mehmonxonagacha yetib borish taxminan 4 100 soʻm, temir yoʻl vokzalidan Alisher Navoiy nomidagi parkgacha — taxminan 4 700 soʻmga teng. Bu shahar boʻyicha eng yaxshi taklif.
“Bu Yandex Go paydo boʻlgan Oʻzbekistondagi beshinchi shahar. Andijonliklar endi qoʻngʻiroqlar va mashina qayerga kelishi kerakligini tushuntirishga behuda vaqtni sarflamaydi. Sozlamalarda joylashuvingizni yoqsangiz bas, xizmatning oʻzi yetib kelish manzilini aniqlaydi. Shuningdek, ilovada barcha kerakli maʼlumotlar koʻrsatiladi, masalan, qaysi rusumdagi mashina keladi, qayerdan oʻtyapti, qachon yetib keladi va qachon chiqsa boʻladi”, — deydi Yandex Go kompaniyasining Markaziy Osiyo bozorlarini rivojlantirish boʻyicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.
Andijonda foydalanuvchilar mashinaga buyurtma berish paytida safarning aniq narxini ilovada koʻradi — borish manzilini kiritsangiz bas. Haydovchi yoʻl taʼmirlash ishlari tufayli yoʻnalishni oʻzgartirsa ham narx oʻzgarmaydi. Safar uchun naqd pul toʻlanadi.
Ilovada dam olish va bayram kunlarisiz ishlaydigan qoʻllab-quvvatlash xizmati ham bor. Foydalanuvchi mashinada buyumini unutgan yoki savol bermoqchi boʻlsa — ilova orqali qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi va yordam olishi mumkin.
Yandex Go oʻz texnologiyalaridan foydalanadi: xaritalar, yoʻnalishni belgilash xizmati, navigatsiya, buyurtmalarni taqsimlash aqlli tizimi. Aynan texnologiyalar safarlarni foydalanuvchilar uchun qulay qilib, shu bilan birga haydovchilar yaxshi daromad topishiga imkon beradi.
Yandex Go Oʻzbekistonda 2018-yilning aprel oyida ishga tushirilgan. Bugun xizmat shuningdek Toshkent, Fargʻona va Namanganda ishlaydi. Andijondagi Yandex Go xizmatida boshqa shaharlardagi kabi oʻz haydovchilari va mashinalari yoʻq. Servis mahalliy tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi. Bepul ilova iOS va Androidda oʻzbek, rus va boshqa tillarda mavjud.