Yandex Go xizmati Buxoroda ham ishga tushirildi

    Transport 6 Aprel 2022 1442

    Bugun Yandex Go Buxoroda ham ishga tushirildi. Ilovani yuklagan holda unda kerakli manzilni tanlab, shaharning istagan nuqtasiga yetib borish mumkin. Servis foydalanuvchining joylashuvini oʻzi aniqlaydi va tezkor yetib keladigan haydovchini topadi.

    Safar narxi 2500 soʻmdan boshlanadi. Masalan, aeroportdan “Buxoro arena”gacha yetib borish uchun taxminan 6 300 soʻm toʻlaysiz, Asia Bukhara mehmonxonasidan Mirzo Ulugʻbek bogʻigacha safaringiz esa taxminan 5 300 soʻmga tushadi. Bu shaharda eng yaxshi taklif.

    “Yaqinda xizmatimizni Samarqandda, bugun esa — Buxoroda ishga tushirdik. Yandex Go bilan shaharda yurish ancha qulay: endi koʻchada mashina ushlash yoki qoʻngʻiroqlarga vaqt sarflash kerak emas. Buyurtma berishingiz bilan barcha kerakli maʼlumot ilovada koʻrinadi, masalan avtomobil rusumi va davlat raqami. Ilovada qoʻllab-quvvatlash xizmatiga tezkor aloqaga chiqish imkoniyati ham mavjud”, — deydi Markaziy Osiyo bozorlarini rivojlantirish boʻyicha Yandex Go ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.

    Buxoroda safarning aniq narxi mashinaga buyurtma berish paytidayoq koʻrinadi — ilovada boradigan manzilingizni aniq kiritsangiz bas. Haydovchi yoʻnalishni yoʻl taʼmiri tufayli oʻzgartirishiga toʻgʻri kelsa ham narx oʻzgarishsiz qoladi. Safar uchun toʻlov naqd koʻrinishda amalga oshiriladi.

    Yandex Go oʻz texnologiyalaridan foydalanadi: xaritalar, marshrutizatsiya, navigatsiya, buyurtmalarni taqsimlash aqlli tizimi. Aynan texnologiyalar safarlarni foydalanuvchilar uchun qulay qilgan holda haydovchilar yaxshi pul topishiga imkon beradi.

    Yandex Go Oʻzbekistonda 2018-yil aprel oyida ishga tushirilgan. Buxorodan tashqari xizmat besh shaharda ishlaydi: Toshkent, Fargʻona, Margʻilon, Namangan, Andijon va Samarqand. Yandex Go oʻz haydovchilari va mashinalariga ega emas. Xizmat mahalliy tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi. Bepul ilova i iOS va Android uchun oʻzbek, rus va boshqa koʻplab tillarda mavjud.