“YandexGo UB” MCHJga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

    “YandexGo UB” MCHJga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.

    Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasiga “Uzum Market” MCHJ XKning murojaati kelib tushgan boʻlib, mazkur murojaatda “YandexGo UB” MCHJ tomonidan televideniye hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Yandex Market” boʻyicha reklama roligida “YandexGo UB” MCHJ tomonidan “Uzum Market” MCHJ XKga nisbatan insofsiz raqobat harakatlarini amalga oshirayotganligini hamda uning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazayotganligini maʼlum qilib chora koʻrishni soʻragan.

    Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “YandexGo UB” MCHJga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.

    Qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.