Vazir Amerika tomonini mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari, Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, Oʻzbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan soʻnggi oʻzgartirishlar haqida maʼlumot berdi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.