Yangi avlod paxta terish mashinasi xarid qilindi

    Qorovulbozor tumanidagi “Ark eko tekstil klaster” MCHJ tomonidan qiymati 1 mlrd 400 mln so'm bo'lgan “SE-220” rusumli paxta terish mashinasi xarid qilindi.

    Ushbu paxta terish mashinasi oldingi mashinalardan tubdan farq qiladi.

    98 foiz samaradorlikka ega kombayn kuniga 20 tonnagacha paxta terish imkoniyatiga ega.

    O'tkazilgan tajribalar ushbu kombaynda terilgan paxta dalalarida hosildorlik qo'lga terilganga nisbatan 5-6 sentnergacha yuqoriligini ko'rsatdi.

    Shuningdek, 1 kunda 400 nafar odamning o'rnini bosa olishi, cho'l hududidagi paxtalarni terishda nechog'lik ahamiyatliligini ko'rsatmoqda.

    Bu hali hammasi emas. Paxta terimi mavsumi yakunlanganidan so'ng ushbu texnikadan yuqori unumli traktor sifatida foydalanish imkoniyati ham yaratilgan. Bu esa dehqonlarning “bir o'q bilan ikki quyonni urishi” bilan tengdir.