Yangi avtobusning tom qismidagi qoplamasi nega tushib ketdi?

    Transport 1 May 2023 1629

    Joriy yilning 1-may kuni, 24-sonli “King Long” rusumli avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi yoʻlning qatnov qismiga tushgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi.

    Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati rasmiy maʼlumot berdi.

    Taʼkidlanishicha, mazkur holat soat 9:00 da “2- Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01 850 LKA, saroy raqami 533-boʻlgan “King Long” rusumli, 24-sonli “Yunusobod-6” - “TTZ ASHB” yoʻnalishda harakatlanayotgan avtobus (haydovchisi T.N, 1964-yilda tugʻilgan, 37 yil ish stajiga ega) Yunusobod tumanida joylashgan “Billur” toʻyxonasining roʻparasida hodir boʻldi.

    Avtobuslar uchun ajratilgan alohida yoʻlakda harakatlanib ketayotgan vaqtda, yoʻlning qatnov qismiga shakl boʻlib oʻsgan katta diametri taxminan 50-60 sm boʻlgan daraxt avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasini qoʻporib yubordi.

    Oqibatda avtobus tomidagi gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplama shikastlangan. Tan jarohati olganlar mavjud emas. Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasiga murojaat qilinib, kamchiliklar bartaraf etildi.