Oʻzbekiston XDP Qarshi tuman kengashi tashabbusi bilan tumandagi “Yangi Batosh” mahalla fuqarolar yigʻinida kasanachilik oʻquv markazi tashkil etildi. Tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi rahbarlari koʻmagida ochilgan markaz faoliyati bilan tanishildi.
Xayriniso Qurbonova rahbarligidagi markazda “Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan 12 nafar, shundan 4 nafari nogironligi bor xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitilib, oʻquv markazida bandligi taʼminlandi. Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tadbirkorga 99 mln soʻm subsidiya ajratilgan.
Partiya faollari koʻmagi bilan tumanda shunday kasanachilik markazlarini “Bunyodkor” va “Potron” mahalla fuqarolar yigʻinlarida ham ochish rejalashtirilgan.