Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev, sektor rahbarlari, Favqulotda vaziyatlar vazirligi masʼullari, davlat va jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Zamonaviy koʻrinishda qurilgan ikki qavatli ushbu binoda 44 nafar xodim uchun barcha shart-sharoitlar, maxsus jihozlangan xizmat xonalari, majlislar zali, oshxona va dam olish majmuasi mavjud.

Shaxsiy tarkibning jangavor shayligini oshirish maqsadida sport maydonlari ham tashkil etilgan.

Marosimda viloyatning olis tumanlarida joylashgan favqulotda vaziyatlar boʻlimlari uchun ham maxsus qutqaruv asbob-anjomlari topshirildi.