Hukumat qarori (255-son, 23.04.2025-y.) bilan “Respublikada yangi bogʻlarni barpo etishni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirish toʻgʻrisida” gi nizom tasdilandi.
Nizomga koʻra, loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarga tijorat banki tomonidan kredit mablagʻlari Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada milliy valyutada 3-yillik imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga ajratiladi.
Kredit mablagʻlari kredit oluvchiga quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
- 1 bosqichda – yer maydonini ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha;
- 2 bosqichda – koʻchat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha;
- 3 bosqichda – sugʻorish tizimlarini oʻrnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha;
- 4 bosqichda – bogʻ hosilga kirgunga qadar 3-yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi.
Bunda yangi bogʻ va uzumzorlarni barpo etish hamda meva va uzum mahsulotlarini zamonaviy saralash, qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosida koʻzda tutilgan yer maydoniga mutanosib ravishda, ammo 1 gektarga koʻpi bilan BHMning 500 baravaridan oshmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratiladi.








