Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Jizzax viloyati hududiy tuzilmasi tomonidan isteʼmolchining murojaati oʻrganib chiqildi.
Maʼlum boʻldishicha, avtomobilning sovutish tizimida nosozlik vujudga kelgan. “EUROAZIA MOTORS” MCHJga qarashli savdo uyi esa isteʼmolchini bir necha marotaba qilgan shikoyatini ijobiy hal etmagan.
Shundan soʻng hududiy tuzilma xodimlari “UzAuto motors” AJ va “EUROAZIA MOTORS” MCHJ masʼul xodimlari bilan tegishli tartibda tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Avtomashina texnik koʻrikdan oʻtkazilganida, undagi sovutish tizimi (radiatori)da texnik nosozlik borligi aniqlanadi. Natijada murojaat qanoatlantirildi: “UzAuto motors” AJning Xorazm filiali tomonidan texnik nosozlik bartaraf etildi yaʼni qiymati 450 000 soʻmlik yangi ehtiyot qismi olib kelindi hamda avtotransportga oʻrnatib berildi.
Aytish joiz, Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasida Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganligi uchun javobgar ekanligi belgilab berilgan. Bu haqida Istimolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar bermoqda.