Tedros Adxanom Gebreyesusning taʼkidlashicha, keyingi pandemiya vaziyat tinchlanishini kutmaydi. 20-yil yoki yanada koʻproq vaqt mobaynida sodir boʻlishi mumkin. Ehtimol ertaga yuz berar...
COVID-19 pandemiyasi rasman 7 million odamning hayotiga zomin boʻldi, ammo JSST haqiqiy oʻlim holatini 20 million, deb hisoblaydi. Qurbon boʻlgan insonlardan tashqari jahon iqtisodiyoti 10 trillion dollardan koʻp zarar koʻrdi. Garchi, koronavirus uzoq xotiradek koʻrinsa-da, yangi kasallik tarqalishi xavfiga hozirdanoq tayyorgarlik koʻrish lozim. Dunyo boʻlingan, qarama-qarshilik hukm surayotgan hozirgi zamonda mamlakatlar hamkorlik qilish va umumiy til topish uchun hali birlashishi mumkinligi haqida aniq belgi kerak, — dedi u.
Tashkilot veb-saytida eʼlon qilingan 2024-yil statistikasida keltirilishicha, COVID-19 pandemiyasi 2020-2021-yillarda mos ravishda 4,1 million va 8,8 million kishining umriga zomin boʻlgan. Natijada butun dunyo boʻylab oʻrtacha umr koʻrish qisqargan.