“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”

    Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, teatr va kino aktyori Alisher Otaboyev ishtirok etdi.

    Toshkent shahar bojxona boshqarmasida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik – eng ulugʻ va eng aziz neʼmat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

    Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, teatr va kino aktyori Alisher Otaboyev ishtirok etdi.

    Madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda, buyuk istiqlolimizning xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon yashashi bu davlat mustaqilligidir, aynan milliy mustaqillik el-yurt uchun jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai boʻlib kelayotganligi toʻgʻrisida taʼkidlandi, vatan, mustaqillikni tarannum etuvchi sheʼr va monologlar ijro etildi.

    M.Moʻminova