Umumiy maydoni 3,5 gektar maydonni tashkil etgan issiqxonadagi barcha jihozlar Koreya Respublikasidan keltirilgan. Ventilyatsiya, sovutish tizimi, tomchilatib sugʻorish, iqlimni boshqarish kabi texnik xizmatlar mavjud. Xorijdagidan aslo qolishmaydigan shart-sharoitga ega boʻlgan zamonaviy issiqxonaning umumiy qiymati 6 400 mln soʻmni tashkil etadi.

Bugungi kunda bu yerda dastlabki hosil pishib yetilgan boʻlib, mahsulotlarni respublikamiz va chet el bozorlariga joʻnatish uchun tayyorgarlik koʻrilyapti.