Xarid qilingan kir yuvish mashinasi tezda nuqsonlarini ko'rsata boshladi. O'zidan shovqin chiqarishi yetmaganidek, kirlarni ham toza yuvmadi. Bu bo'yicha servis xodimlari tomonidan nuqsonlarni bartaraf etilishiga qaramay, yana qayta shovqin chiqardi. Noiloj qolgan iste'molchi kir yuvish mashinasini sifatlisiga almashtirib berishlarini so'rab, Guliston shahrida faoliyat yurituvchi do'konga bir necha barobar murojaat qildi. Sotuvchi esa turli bahonalar bilan iste'molchini ovora qilishdan nariga o'tmadi.
Mazkur vaziyatni Iste'mochilar huquqlarini himoya qilish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy tuzilmasi atroflicha o'rganib chiqdi. Servis xizmatining xulosasiga asosan nuqsonli tovar aynan xuddi shunday markali, modelli kir yuvish mashinasiga almashtirib berildi.
O'zbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonunda nuqsonli tovar sotib olinganda iste'molchining 5 ta talab qilish huquqi bor: tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish; tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste'molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish; shartnomani bekor qilib, ko'rilgan zararni qoplash belgilanganligi to'g'risida va murojaat keltirilgan vajlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bartaraf etish.