Yangi Konstitutsiyada sud mustaqilligi boʻyicha davlat oʻziga majburiyatlar olmoqda

    Hukumat 27 Aprel 2023 1675

    Prezident islohotlar jadal davom etishi, yurtimizda biznes emin-erkin rivojlanishi uchun yanada mustahkam huquqiy poydevor kerakligini koʻrsatib oʻtdi.

    Yaqin kunlarda Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi boʻyicha umumxalq referendumi oʻtkaziladi.

    Eng avvalo, yangi Konstitutsiyada Oʻzbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani alohida belgilanmoqda. Barcha oʻzgartirishlarning tub negiziga “inson huquqlari va erkinliklari ustuvor” degan ezgu gʻoya qoʻyilmoqda.

    Shuningdek, Konstitutsiyamizda ilk bor qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini taʼminlash, mulk daxlsizligi, bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, sud mustaqilligi boʻyicha davlat oʻziga majburiyatlar olmoqda.

    “Hech shubhasiz, yangi Konstitutsiya – biz boshlagan islohotlarni izchil davom ettirib, eng muhimi, ularga ortga qaytmaydigan tus berishi muqarrar”, - dedi Prezident.