Qashqadaryo viloyat hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida maktab oʻquvchi yoshlarini bepul kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha loyiha amalga oshirilmoqda.

Loyiha davomida 64 nafar maktab oʻquvchilari yengil avtomashinasozlik, ogʻir avtomashinasozlik, avtomashina akkumulyatorlari mutaxassisi, avtomashina matolariga ishlov berish, payvandchilik va qizlar uchun birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish yoʻnalishlarida 3 oylik amaliyot va bilim koʻnikmalarini olishadi.

Loyiha kelgusida viloyatning boshqa hududlarida ham amalga oshirish reja qilingan.