Saylovda fuqarolarimiz xuquqiy-meʼyoriy xujjatlar asosida oʻz xohish-irodasini erkin bildirib, Yangi Oʻzbekiston kelajagi uchun ovoz berdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan Sh.Mirziyoyev lavozimga kirishish marosimida Oʻzbekistonning 2030-yilgacha boʻlgan strategik maqsadlar dasturini inson qadrining ulugʻvorligini taʼminlagan holda amalga oshirish ustuvor ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.  

Yangi davr uchun yangi gʻoya va tashabbuslar kerak, yangi natijalar kerak. Shundagina u tom maʼnoda yangi davr boʻladi” – deganlaridek, taʼlim sohasida ham ulkan oʻzgarishlar boʻlmoqda. Yoshlarimizning Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda bilim olishlariga boʻlgan qiziqishlari Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda muhim omildir. Buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Institutimiz Italiya, Yaponiya va jahonning rivojlangan davlatlari TOP-1000 tarkibiga kiruvchi oliy taʼlim muassaslari bilan kelishuv memorandumlari imzolandi. Bu esa iqtidorli talaba-yoshlarimizning oʻqishlarini dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida davom ettirishlari, yosh oʻqituvchilarimizni ilmiy-tadqiqot izlanishlarini olib borishlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.

Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash iqtisodimizni rivojlantirishning asosi ekanligi bois taʼlimning sifat darajasini yuqoriga koʻtarish, yoshlarimizni bevosita ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotni oʻtkazishlari yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishlari uchun zamin boʻlmoqda.

Prezidentimizning: Yoshlik – gʻanimat, vaqt – gʻanimat, fursat borida otni qamchilang! Davlatimiz, xalqimiz yaratib berayotgan imkoniyatlarning qadriga yeting! Dunyoga oʻz soʻzingizni ayting! Izlanish va intilishdan aslo toʻxtamang!” – degan fikrlari Yangi Oʻzbekistonni qurishda, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda yoshlarimizga kuch-quvvat, fidoiylik bagʻishlaydi.  

Oʻktam Salomov,

Fargʻona politexnika instituti rektori.