Ushbu mobil ilova foydalanuvchilari poytaxt jamoat transporti, avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzata oladi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, yoʻlovchilar oʻzlariga eng yaqin boʻlgan oraliq bekatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotga ega boʻlgan holda manziliga yetib olishning eng maqbul usulini aniqlashi mumkin.

Shuningdek mazkur ilova orqali:

yagona transport kartalarini sotish shahobchalari joylashuvini tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yoʻnalishini koʻrish;

shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda yoʻnalishning A nuqtadan B nuqtasiga borish boʻyicha aniq qoʻllanmaga ega boʻlish mumkin.

Ilova Google Play va AppStore orqali yuklab olinadi.