Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli yangi oʻzlashtirilgan istiqbolli ushbu konidagi quduqlardan qazib chiqariladigan tabiiy gazni isteʼmolchilarga uzatish maqsadida kondan “Jayron - Janubiy Kemachi” gaz quvurigacha diametri 219 mm boʻlgan 2 km uzunlikdagi gaz quvuri qurilib, ishga tushirildi.
Qurilish uchun zarur boʻlgan quvur va armaturalar “Oʻzbekneftgaz” AJning ichki imkoniyatidan foydalangan holda yetkazib berildi hamda qurilish montaj ishlari “Muborak neft va gaz quruvchi” MCHJning malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi.
“Razzoqbobo” konidagi gaz quvurini qurish ishlarida boshqarma konlaridagi barcha ishchilarni hamjihatlikda olib borgan mehnatlari tufayli, joriy yil kuz-qish mavsumida respublika aholisini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash maqsadida juda ham qisqa muddatda qurib tugatilishiga erishildi.
Ushbu gaz quvurining ishga tushirilishi natijasida boshqarmada kunlik qoʻshimcha tabiiy gaz qazib chiqarishni koʻpaytirishga erishildi, deya xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: “Razzoqbobo” koni Buxoro viloyatining Qaraulbozor tumani hududida joylashgan bulib, 2021-yilda ishga tushirilgan.