Yangi oʻquv yili oldidan muhim yangilik!

    Ta'lim 7 Iyul 2020 3159

    “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlari birlashtirilgan holda “Tarbiya” fani yoʻlga qoʻyiladi

    Bu haqda “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (422-son, 6.07.2020-yil) qabul qilindi.

    Unga muvofiq:

    Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlari birlashtirilgan holda “Tarbiya” fani 1—9-sinflarda 2020/2021 oʻquv yilidan, 10—11-sinflarda esa 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.

    Mazkur qaror bilan:

    • “Tarbiya” fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning

    yaratilishini muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi;

    • “Tarbiya” fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni

    yaratish boʻyicha tuzuvchilar guruhi tarkibi;

    • “Tarbiya” fani konsepsiyasi tasdiqlandi.

    Joriy yil iyul oyidan boshlab yangi oʻquv yili boshlangunga qadar mazkur fan boʻyicha tayyorlangan oʻquv dasturlari va darsliklar asosida umumtaʼlim maktablaridagi “Boshlangʻich taʼlim”, “Milliy gʻoya va huquq”, “Tarix” va “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari uchun xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida “Tarbiya” fanidan onlayn shaklda malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

    2020-yil 15-iyulgacha 1—9-sinflar hamda 2021-yil 1-mayga qadar 10—11-sinflar uchun moʻljallangan “Tarbiya” fani boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni chop etish boʻyicha istisno tariqasida deklaratsiya qilingan narxlar asosida davlat va xususiy nashriyot-matbaa tashkilotlari bilan shartnomalar tuziladi.

    “Tarbiya” fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar yangi oʻquv yili boshlangunga qadar chop etiladi.