Vazirlik Prezidentning oʻtgan yili dekabrda imzolagan farmoniga asoslanib xabar berdi.
2023-yil 22-dekabrda “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan.
Mazkur Farmonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yangi — 2024-2025 oʻquv yili joriy yilning 4-sentyabr kunidan boshlanishini maʼlum qilamiz, deyiladi xabarda.