Institut rektori, professor Abdug'affor Jo'raev barcha professor-o'qituvchilar va talabalarni yangi o'quv yili boshlangani bilan samimiy qutladi. Tadbirda professor-o'qituvchilar va ota-onalar ham so'zga chiqib, fikrlarini bildirdi.
Shundan so'ng o'quv xonalarida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. 1-bosqich talabalari uchun institut professor-o'qituvchilari tomonidan tanishtiruv haftaligi boshlandi.
Yangi o'quv yilini munosib kutib olish maqsadida rahbariyat tomonidan ishchi-xodimlar va talabalar turar joyida istiqomat qiluvchilarga osh tarqatildi.
Institutning qariyb 5 gektarlik hududida 3 ta o'quv binosi, 2 ta talabalar turar joyi joylashgan. 1745 o'ringa mo'ljallangan 62 ta o'quv xonasi, 225 o'rinli komp`yuter xonasi va 85 o'rinli faollar zali talabalarga xizmat ko'rsatmoqda. Qolaversa, 418 o'rinli 2 ta talabalar turarjoyi mavjud.
Ayni paytda OTMda 3755 nafar talaba ta'lim olmoqda. Ularga 149 nafar professor-o'qituvchi dars bermoqda.