Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar bermoqda.

Toʻplam tarkibidagi darsliklar va mashq daftarlari sonidan kelib chiqib, sinflar va taʼlim tillari kesimida ijara toʻlovi miqdorlari belgilandi.

Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovini amalga oshirish muddati 10-oktyabrgacha uzaytirildi. Yoki ota-onalarda mazkur toʻlovni amalga oshirish bilan bogʻliq muammo mavjud boʻlsa, ijara toʻlovi muddatini uzaytirish ham mumkin. Bunda mazkur toʻlovning 50 foizi 10-oktyabrgacha, qolgan qismi esa 30-noyabrgacha toʻlanadi.

2-sinf

Oʻzbek, rus tillarida - 12 ta darslik - 26400 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman tillarida - 13 ta darslik - 28600 soʻm

3-sinf

Oʻzbek, rus - 11 - 24200 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman - 12 - 26400 soʻm

4-sinf

Oʻzbek, rus - 11 - 24200 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman - 12 - 26400 soʻm

5-sinf

Oʻzbek, rus - 13 - 28600 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman - 14 - 30800 soʻm

6-sinf

Oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman - 15 - 33000 soʻm

7-sinf

Oʻzbek, rus - 17 - 37400 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman - 18 - 39600 soʻm

8-sinf

Oʻzbek - 18 - 39600 soʻm
Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman - 19 - 41800 soʻm

9-sinf

Oʻzbek - 17 - 37400 soʻm
Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman - 18 - 39600 soʻm

10-sinf

Oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman - 18 - 39600 soʻm

11-sinf

Oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman - 20 - 44000 soʻm

Eslatib oʻtamiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalardagi oʻquvchilarni umumtaʼlim maktab kutubxona jamgʻarmasi tomonidan darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlash tartibi oʻrnatilgan.