Brand Analytics Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning faol auditoriyasi (mualliflar) boʻyicha 2024-yil oktyabr oyi tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Takidlanishicha, tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlar jamoatchilik muloqot vositasi sifatida va jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi taʼsiri oʻrganilgani uchun diqqat asosan faol (yozayotgan) auditoriyaga qaratilgan.
Shuningdek, tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarda eng koʻp havola qilingan onlayn OAV reytingini ham taqdim etdi. Roʻyxatda Oʻzbekistondagi hozirda faoliyat olib borayotgan eng faol 20 OAV sanab oʻtilgan. Taʼkidlanishicha, iqtibos olish koʻrsatkichi OAV qanchalik mashhurligini va ularning oʻquvchilar uchun qanchalik qiziqarli ekanini koʻrsatadi.
Masalan, oktyabr oyida yuz.uz saytidan 8 836 marotaba iqtibos keltirilgan va taqdim etilgan reytingda 6-oʻrinni egalladi.
Mazkur reyting ijtimoiy tarmoqlarda OAV materiallariga berilgan havolalar soni asosida shakllantirilgan. Unda yetakchilikni Kun.uz (54 334 iqtibos) saqlab qolgan boʻlsa, Lex.uz (18 547) va OʻzA (15 628) ham yuqori oʻrinlarni egallagan.
«Yangi Oʻzbekiston«ning yuqori oʻrinlarda qayd etilishi mamlakatda ushbu nashrga boʻlgan qiziqish ortib borayotgani va uning ijtimoiy tarmoqlardagi taʼsiri oshayotganini koʻrsatadi.