Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-noyabrdan:

▫️bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qoʻllanilmaydi;

▫️eksport tashkilotlariga foyda va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasini kamaytirish shaklidagi imtiyozlar tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qatʼi nazar qoʻllaniladi;

▫️qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urugʻlari eksportiga ruxsat beriladi.

Eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi.

Dasturga kiritilgan eksportchi korxonalarga Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oxirgi 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib quyidagi moliyaviy yordamlar koʻrsatiladi:

  • eksport hajmi 1 million dollardan 5 million dollargacha boʻlganda – 1 million dollargacha;
  • eksport hajmi 5 million dollardan 10 million dollargacha boʻlganda – 2 million dollargacha;
  • eksport hajmi 10 million dollardan 15 million dollargacha boʻlganda – 3 million dollargacha;
  • eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha boʻlganda – 4 million dollargacha;
  • eksport hajmi 20 million dollardan ortiq boʻlganda – 5 million dollargacha;
  • bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olishi uchun ularga 30 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda.