“Yangi Oʻzbekiston – yangi kasaba uyushmalari!”

    Mamlakatimizda 25 Noyabr 2020 2730

    Navoiy viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida “Yangi Oʻzbekiston – Yangi kasaba uyushmalari!” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari-Mehnat inspeksiyasi boshligʻi Q.Qirgʻizaliyev, Energetika vazirligi tizimidagi korxona, tashkilot rahbarlari,tuman, shahar kasaba uyushma kengashlari raislari, yirik korxona va tashkilotlar kasaba uyushma qoʻmitalari raislari ishtirok etdilar.

    Tadbirda Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining tarixida birinchi marotaba Davlat rahbarining kasaba uyushmalari Federatsiyasining sakkizinchi qurultoyi ishtirokchilariga tabrik yoʻllagani, tabrikda kasaba uyushmalariga katta ishonch bildirilganligi va shu bilan bir qatorda masʼuliyat yuklanganligi, muhtaram yurtboshimiz tomonidan 11-noyabr kunini “Kasaba uyushmalari kuni” deb belgilash hamda kasaba uyushmalari Akademiyasini tashkil etish taklifini kiritgani, kasaba uyushmalari Federatsiyasining sakkizinchi qurultoyi delegatlarining mamlakatimiz xalqi, ishchi-mehnatkashlar, kasaba uyushmalari tashkilotlari va ijtimoiy sheriklarga yoʻllagan Murojaati toʻgʻrisida, kasaba uyushmalarining keyingi besh yillikka moʻljallangan istiqbolli rejalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

    Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan hozirgi kunda kasaba uyushmalarining jamiyatda tutgan oʻrni, roli haqida muhokama etilib, kasaba uyushmalari faoliyatiga baho berildi. Ular tomonidan kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi yangi qonun boʻyicha va mehnat inspeksiyasi tashkil etilganligi eʼtirof etildi.

    Dilfuza Gulyamova,

    Navoiy viloyati.