Bugun mamlakatimizda fuqarolarning hayotini faravonlashtirish, olib borilayotgan xalqchil islohotlar orqali o'z amaliy ifodasini topmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni aholi orasida targ'ib etish, aholini yurtimizda va dunyoda bo'layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazish maqsadida yurtimiz bo'ylab "Yangi O'zbekiston — yangicha dunyoqarash" shiori ostida madaniy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Ana shunday ezgu maqsad bilan joriy yilning 16 noyabr` sanasida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan 84-sonli umumta'lim maktabida ham Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Shayxontohur tuman hokimligi va Davlat bojxona qo'mitasining Bojxona instituti bilan hamkorlikda "YAngi O'zbekiston — yangicha dunyoqarash" shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan So'nggi to'rt yil mamlakatimiz tarixida tub islohotlar va yangilanish davri bo'ldi. Ayniqsa, yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus hayotga samarali tatbiq etilmoqda.
Ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga etkazish va aholi kayfiyatini ko'tarish maqsadida o'tkazilgan bugungi tadbirda taniqli olimlar, yozuvchi-shoirlar, madaniyat arboblari, teatr aktyorlari va yoshlardan iborat targ'ibotchilar guruhlari tomonidan bildirilgan fikrlar va namoyish etilgan sahna ko'rinishlari shuningdek, vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar tadbir qatnashchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. Ma'naviy-ma'rifiy tadbir doirasida mohir yosh sportchilar, Bojxona instituti kursantlari tomonidan vatanni madh etuvchi she'riy chiqishlar tadbirga o'zgacha shukuh ulashdi.