Yangi Oʻzbekiston koʻchasining bir qismi vaqtincha yopildi

    Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek hamda Yashnobod tumanlari hududidan oʻtuvchi Yangi Oʻzbekiston koʻchasi (Ohangaron shossesidan D012 avtomobil yoʻligacha), Jasorat koʻchasi va Doʻstlik koʻchalarida transport harakati qisman cheklandi.

    Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, bu yerda avtomobil yoʻlining yuqori qatlamiga PSHMA-20 turdagi asfalt-beton qoplamasi yotqiziladi.

    Shu munosabat bilan 2025-yil 8-oktyabrdan 20-oktyabr kunigacha bu koʻchalarda transport harakati qisman cheklandi.

    Haydovchilardan bir-birini hurmat qilgan holda harakatlanish soʻralgan.