“Yangi Oʻzbekiston massivi” loyihasi mahallagacha tushirilishi belgilandi

    Mutasaddilarga Qoʻqondagi birinchi “Mahalla massivi” qurilishini boshlash uchun joy tanlash va loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

    Soʻnggi uch yilda Qoʻqonda bor-yoʻgʻi 630 ta xonadonli 17 ta koʻp qavatli uylar qurilgani shahar ehtiyoji uchun yetarli emasligi koʻrsatib oʻtildi.

    Hozirda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurishga shaharlar atrofidan yer ajratilmoqda. Lekin Qoʻqon, Margʻilon kabi shaharlar, tuman markazlaridagi mahallalar qiyofasi eskiligicha qolib ketmoqda.

    Shu bois “Yangi Oʻzbekiston massivi” loyihasi mahallagacha tushirilishi belgilandi.

    Bunda shahar va tuman markazlarida 5 tadan eski mahallalar tanlab olinadi. Ularda 7-10 qavatli uylar qurish uchun xususiy sektor jalb qilinadi, uylar birinchi galda ushbu mahalla aholisiga beriladi.

    Mutasaddilarga Qoʻqondagi birinchi “Mahalla massivi” qurilishini boshlash uchun joy tanlash va loyihasini ishlab chiqish topshirildi.