“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish boʻyicha yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi

    Endi “Yangi Oʻzbekiston” massiviga berilgan yer boʻyicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi.

    Loyiha ekspertizasini oʻn besh kundan oʻtkazib yuborgan tashkilotlarning litsenziyasi toʻxtatib qoʻyiladi.

    Qurilishda “eskrou” tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim developerlarga hozirgidan pastroq stavkada mablagʻ jalb qilish imkonini beradi. Muhimi, developerlarni moliyalashtirish uy qurish bilan birga boshlanadi va davom etadi.

    Fuqarolar esa qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish hamda uy bitmasdan turib ham boshqa odamga sotish imkoniga ega boʻladi. Bu bilan uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.