“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofotining ragʻbatlantiruvchi nominatsiyasi gʻolibi boʻldi

    “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.

    Dastlab “Oltin qalam” Milliy mukofoti tashkiliy qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov bu yilgi “Oltin qalam” tanlovi haqida maʼlumot berdi.

    Shundan soʻng mukofotlar oʻz egalariga topshirildi.

    “Xitoy haqidagi eng yaxshi reportaj uchun” nominatsiyasi gʻolibi – Xitoyning “CGTN Russkiy” va Ozarbayjonning “CBC” telekanallarining Oʻzbekistondagi maxsus muxbiri Barchinoy Joʻrayeva.

    “Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik yoritilgan eng yaxshi kontent uchun” nominatsiyasi gʻolibi – “Oʻzbekiston” jurnali bosh muharriri Asadbek Bobojanov.

    ”Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlarning yanada kengayishini taʼminlashga bagʻishlangan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi gʻolibi – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi yetakchi muharriri Behruz Xudoyberdiyev.

    “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʻolib va sovrindorlari. Tanlovning ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalari gʻoliblari:

    “Yoshlar hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:

    “Yoshlar ovozi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi (gazeta bosh muharriri Hamza Abdullayev)

    “Maʼnaviyatni yuksaltirish, vatanparvarlik tuygʻulari targʻib etilgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:

    Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi ikkinchi darajali muharriri Shohsanam Komilova.

    “Ijtimoiy mavzular eng yaxshi yoritilgan materiallar muallifi” nominatsiyasi gʻolibi:

    “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi muxbiri Gulchehra Durdiyeva.

    “Davlat tilini rivojlantirishga bagʻishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:

    OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov.

    “Milliy urf-odat va anʼanalarimiz aks etgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:

    “Jizzax ovozi” gazetasi tahririyati jamoasi (gazeta bosh muharriri Said Donishev).

    “Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:

    “Hurriyat” gazetasining Surxondaryo viloyati boʻyicha muxbiri Safar Omonqulov.

    “Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:

    “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari muxbiri Oksana Kadыsheva.

    “Vatanimiz tarixiga bagʻishlangan eng yaxshi koʻrsatuvlar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:

    “Oʻzbekiston tarixi” telekanali katta muharriri Dilbar Qosimova.

    “Inson huquqlari va ijtimoiy hayotimiz bilan bogʻliq dolzarb mavzulardagi materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:

    “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati ijodiy jamoasi (jurnal bosh muharriri Erkin Ernazarov).

    “Eng yaxshi fotoreportaj uchun” nominatsiyasi gʻolibi:

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi media markazi bosh mutaxassisi Muhiddin Alimbayev.

    “Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominatsiyasi gʻolibi:

    Mualliflar jamoasi (Oybek Sultonov).

    “Eng faol tele va radio boshlovchi” nominatsiyasi gʻolibi:

    “Oʻzbekiston” teleradiokanali katta muharriri Surayyo Mansurova.

    No date selected
    iyul, 2024
    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8
    9
    10
    11
    12
    13
    14
    15
    16
    17
    18
    19
    20
    21
    22
    23
    24
    25
    26
    27
    28
    29
    30
    31
    Use cursor keys to navigate calendar dates