“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi

    Viloyat bosqichi gʻoliblari har yili 10-20-dekabr kunlari Olimpiya shaharchasida oʻtkaziladigan Prezident olimpiadasida ishtirok etadi. Musobaqa gʻoliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

    Yilda ikki marta hududlarda olimpiya sport turlari boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Tuman va viloyat sovrindorlarini hokimlar ragʻbatlantirib boradi.

    Viloyat bosqichi gʻoliblari har yili 10-20-dekabr kunlari Olimpiya shaharchasida oʻtkaziladigan Prezident olimpiadasida ishtirok etadi.

    Musobaqa gʻoliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi oʻrinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.

    Bunda 1-2 kurs oʻquvchilariga stipendiya toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.