Mazkur asar kitobxonlarda mamlakatimizda yangi oʻsish va rivojlanish bosqichiga koʻtarilish borasida belgilab olingan Yangi Oʻzbekistonning strategik yoʻli haqida toʻliq va mukammal tasavvur hosil qilishga imkon beradi.

Kitobda yangi Oʻzbekistonni bunyod etish borasida amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar, rivojlanishning yangi bosqichida qoʻlga kiritilayotgan inqilobiy muvaffaqiyatlar haqida soʻz yuritiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yangi Oʻzbekistonni barpo etish gʻoyasi va  Uchinchi Renessans asosini yaratish borasidagi tashabbusi bugun reallikka koʻcha boshlagani, “Yangi Oʻzbekiston” va “Uchinchi Renessans” soʻzlari hayotimizda oʻzaro uygʻun va hamohang boʻlib yangrayotgani, xalqimizni ulugʻ maqsadlar sari ruhlantirayotgani taʼkidlanadi.

Shu bilan birga, yurtimiz zamini tarixda ikkita buyuk uygʻonish davrlariga beshik boʻlgani, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ mutafakkirlarni yetishtirib bergani mahorat bilan qalamga olingan. Ayniqsa, Uchinchi Renessansga qoʻyilayotgan poydevor va yangi tamaddun asoslari aniq dalillar asosida ochib berilgan.

Asar keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan boʻlib, barcha taʼlim muassasalari, xususan, oliy oʻquv yurtlari, tashkilot va idoralar, har bir xonadonga kirib borishi maqsadga muvofiqdir.

Zotan, qaysi zamonda boʻlmasin, buyuk evrilishlar, oʻzgarish va yangilanishlar, avvalo, xalqning qudrati, salohiyati va kuchiga tayaniladi.