“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari endi dunyoning birinchi raqamli institutida amaliyot o‘tashadi!

    Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘z yo‘nalishida dunyoning 1-raqamli oliygohi — Massachusetts texnologiya instituti (MIT) jamoasi ishtirokida mahorat darslariga start berildi.

    Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda ikki tomonlama samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

    Shundan so‘ng MIT vise-prezidenti katta maslahatchisi Vijay Kumar so‘zga chiqdi. U “Yangi O‘zbekiston” universitetini MIT—J-WELning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etdi.

    Ma’lumot o‘rnida, ushbu mahorat darslariga Respublika bo‘ylab 250 nafar soha vakillari qamrab olingan.

    Shundan so‘ng, tomonlar rahbariyati o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha MIT—J-WEL bilan kelishuv imzolandi.

    Ushbu kelishuvga ko‘ra, endi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1 raqamli oliy щыuv yurtida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

    Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari almashinuv dasturi bo‘yicha MITda tajriba oshirishadi.

    Eslatib o‘tamiz, mahorat darslari 2 mayga qadar davom etadi.