"Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalari Janubiy Koreyaning Sejong universitetida amaliyot o‘tamoqda

    "Yangi O‘zbekiston" universiteti hamda ''Sejong University Academic Cooperation'' o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, hozirda 15 nafar o‘zbek yigit-qizi Sejong universitetida qisqa muddatli amaliyot o‘tamoqda.

    Amaliyot davomida talabalar Sejong universiteti ilmiy xodimlari va professorlari tomonidan tashkil etilgan treninglarda ishtirok etishi, yuqori texnologiyalarga asoslangan laboratoriyaning moddiy texnik bazasi bilan tanishishi, zamonaviy uskuna hamda jihozlardan foydalanishi hamda laboratoriya texnika xavfsizligi kursini o‘rganishi ko‘zda tutilgan.

    Shuningdek, universitet xodimlari Sejong universiteti vise-prezidenti bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish muhokama qilindi:
    talabalar almashinuvi dasturini amalga oshirish, kelgusida "double degree" tizimini yo‘lga qo‘yish, universitetning yosh o‘qituvchi-professorlari malakasini oshirish orqali ularni yuqori ilmiy unvon olishlarida ko‘maklashish, "nano science", "business management" va "computer engineering" kabi ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv dasturlari hamda unga oid boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, universitetning zamonaviy kampusini tashkil etish yuzasidan tajriba almashish.

    Muhokama etilgan hamkorlik yo‘nalishari bo‘yicha tez orada tegishli kelishuv imzolashni kelishib olindi.

    Eslatib o‘tamiz, Sejong universiteti ''Times higher education'' reytingida top 300 likka kiradi.