баннер
24 Mar 2025
03:59

    “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga qabul boshlandi

    Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida qabul jarayonlariga bagʻishlangan tadbirlarga start berildi.

    Ilk davra suhbati Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchi oʻquvchilari va ota-onalar uchun tashkil etildi.

    Tadbir avvalida Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova soʻzga chiqdi:

    “Yangi Oʻzbekiston” universitetining ochilganiga koʻp boʻlmadi. Qisqa vaqt ichida universitetda erishilgan natijalar, talabalar qoʻlga kiritgan yutuqlar ancha. Oʻtgan yili Prezident maktablarining bitiruvchi oʻquvchilarining 65 foizi shu yerda oʻqishni tanladi.

    Taqdimotda “Yangi Oʻzbekiston” universiteti fakultet va yoʻnalishlari, yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar, qabul jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech